Shohrux (Ummon), Madlen - Dona

21
Дата трека: 01.06.2025
Качество: 320 kbps
Размер: 7.62 mb
Текст песни
Sani bu ko'zlaringda o'zimni ko'rmadim
Yoningda xotirjam baxtli tura olmadim
Negadir sani yuragimdan o'chirolmadim
Sog'inchlarimga qarshi hali hamon bormadim

Berolganing mani yuragimga bu dard alam
Chiroyinga aldanibman qoshlari qalam
O'zga bilanligingni eslasam titrar tanam
Bugun xamrohim yolg'izlik va qorong'u xonam

Erkaliglaring oshib ketsa hamki chegaradan
Shunchaki jim kuzatib turar edim naridan
Ishonardim bir kun kelib o'zgarasan deb
Baribir men chin yurakdan sevasan deb

Dona dona dona yuragimda eding yagona
Atrofimda eding parvona bugun esa bo'lding begona

Ko'rishib qolsak ham endi begonadek o'tamiz
Sog'inganmiz lekin barin ichimizga yutamiz
Ketamiz lekin baribir biz unutamiz
Deya o'zimizni aldaymiz sog'inchga botamiz

Ayriliqqa axir faqat o'zing qo'ydingku qadam
Yolg'onlarning girdobida sinib ketarkan odam
Dambadam og'riq kirib qolarkan bu yurakka
Yolg'iz o'zim dardlarimni so'zlab berdim falakka

Sen shunchalar go'zal eding bo'lgan edim mubtalo
Lekin sani xiylalaring boshimga bo'ldi balo
Tuyg'ularim o'yin qilding ey ko'zlari qaro
Axir hayotimdagi bitta eding dilrabo
Комментарии (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив