G'iyosbek Narzullayev - Bu muhabbat tarixi
Текст песни
Bu muhabbat tarixi tillarda bo'ldi doston
Saharlari shodligu kun botarlari armon
Hech bir oshiq ko'rmagan go'zal edi damlari
Mani ado ayladi bugun sevgi g'amlari
Go'zal edi yorijon ko'zlari xumor xumor
Davosi yo'q bir dardi uni ayladi bemor
Ko'zlarimga termulib gulim ko'zi yumildi
Tuproqlarga emas u yuragimga ko'mildi
Bugun yomg'ir yuvolmas ko'zdan oqqan yoshimni
Essizgina boy berdim go'zal qalam qoshimni
Ey dunyo yolg'on dunyo bizda qasding bormidi
Hammaga keng quchog'ing bizga kelsa tormidi
Ifori soʻlim so'lim yetmadi yorga qo'lim
Bugun tuproq bag'rida yotarmush atirgulim
Endi hayor qiziqmas yashagandan netarman
Boshim olib bu yerdan olislarga ketarman

Смотрите также
Комментарии (0)